

Xalqaro Strategik Siyosat va Sun'iy Intellektni Boshqarish Instituti (SPAIGI)
O'zbekiston - Markaziy Osiyo tahlil markazi
Strategik siyosat sari > Sun'iy intellektni boshqarish > Barqaror kelajakni ta'minlash
Tadqiqot va nashrlar
Biz nashrlarimiz, maqolalarimiz ilmiy asosda zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa sun'iy intellektni, xalqaro munosabatlar va davlat boshqaruvini qanday shakllantirayotgani va ta'sir ko'rsatayotganligini o'rganish, uning imkoniyat va havflarini oldindan baholashga qaratilganligi, erta ogohlantirishlar berish bilan ahamiyatlidir.
Dalillar, innovatsiyalar va barqaror kelajakka sodiqlik asosida xavfsiz, aqlliroq va barqaror kelajak uchun zamin yaratish ustida birgalikda ishlaymiz. Jamoamiz taklif qilayotgan har bir yechim bugun va barqaror kelajak uchun muhim bo'lib xizmat qiladi.
Towards Smart Public Administration: A TOE-Based Empirical Study of AI-Chatbot Adoption in a Transitioning Government Context
Mansur Omonov, and Yonghan Ahn*
Abstract
As governments pursue digital transformation to improve service delivery and administrative efficiency, AI chatbots have emerged as a promising innovation in smart public administration. However, their adoption remains limited, particularly in transitioning countries where institutional, organizational, and technological conditions are complex and evolving. This study aims to empirically examine the key aspects, challenges, and strategic implications of AI chatbots’ adoption in public administration of Uzbekistan, a transitioning government in Central Asia. The study offers a novel contribution by employing an extended technology–organization–environment (TOE) framework. Data were collected through a survey among 501 public employees and partial least squares structural equation modeling was used to analyze data. The results reveal that perceived usefulness, compatibility, organizational readiness, effective accountability, and ethical AI regulation are key enablers, while system complexity, traditional leadership, resistance to change, and concerns over data management and security pose major barriers. The findings contribute to the literature on effective innovation in public administration and provide practical insights for policymakers and public managers aiming to effectively implement AI solutions in complex governance settings.
Keywords: AI chatbots; digital government; innovation management; smart public administration; TOE framework; transitioning countries; Uzbekistan
Adm. Sci. 2025, 15(8), 324; https://doi.org/10.3390/admsci15080324



Kitob haqida sharh
Mansur Omonov o‘z tadqiqotlarida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda xalq diplomatiyasi va madaniy aloqalarning o‘rni hamda rivojlanish tendensiyalarini tizimli tarzda tahlil qiladi. U yumshoq kuch (soft power) vositalarining mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyatini o‘rganib, xususan, O‘zbekiston tashqi siyosatida ushbu mexanizmlarning shakllanishini va amaliyotini yoritadi.
Asosiy jihatlari:
-
Mintaqaviy integratsiya: Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va ishonch aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan strategiyalarni tahlil qiladi.
-
Madaniy-gumanitar aloqalar: Ilmiy va madaniy tadbirlar orqali o‘zaro anglashuv va ishonchni oshirish mexanizmlarini ko‘rsatadi.
-
Tashqi siyosat faktori: O‘zbekistonning yangi tashqi siyosatida xalq diplomatiyasi tamoyillarining o‘rni va ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini o‘rganadi.
Muallifning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, xalq diplomatiyasi mintaqadagi davlatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish va ishonchni mustahkamlashda samarali vosita sifatida xizmat qiladi.
Batafsil ma’lumot olish uchun marhamat bizga yozing.

AQSh va Eron oʻrtasidagi keskinlik
Hozirgi kunda AQSh va Eron oʻrtasidagi keskinlik o'n ikki kunlik urushning davomidir. AQShning maqsadi Eronning yadroviy dasturini cheklash boʻlib, bu Gʻazo va neft narxlaridagi oʻzgarishlar bilan chambarchas bogʻliq. Ichki siyosiy vaziyat beqaror, Isroil esa Eron rejimini ag‘darishni qo‘llab-quvvatlamoqda, arab davlatlarining aksariyati Isroil tarafida, faqat BAA, Ummon va Qatarda iqtisodiy manfaatlar va tinchlik nuqtai nazaridan neytral pozitsiya saqlanmoqda.
Eron muzokaralarni deyarli yakunlagan, bu borada Ummonning vositachiligi muhim ahamiyatga ega. Kelajakda Eron orqali (TM-Iron) Fors koʻrfazida harakatlanish mumkin, ammo Isroilning aralashuvi nomaqbul va noadolatli hisoblanadi. AQSh ko‘pincha “tinchlik vositachisi” yoki mintaqaviy “politsiyachi” sifatida namoyon boʻladi, ammo Xitoy va Rossiyaning potentsial ishtiroki bu roli so‘roq ostiga qo‘ymoqda.
Ko‘plab Yaqin Sharq masalalari, xususan Suriya, Gʻazo va Qizil dengizdagi dengiz o‘g‘irliklari qisman hal etilgan. Mintaqaviy taranglik Afg‘oniston va Pokiston bilan ham bog‘liq, bu yerda AQSh va Xitoy strategik raqobat olib borayotgan boʻlsa-da, baʼzi loyihalarda maxfiy kelishuvlar mavjud.
Oʻzbekistonning pozitsiyasi xalqaro strategik hamkorlik va barqarorlik prinsiplariga asoslangan. Agar AQSh va Eron muzokara olib borib kelishsa, Markaziy Osiyoda logistika va energetika barqarorligi yaxshilanadi, shu bilan birga xorijiy savdoni diversifikatsiya qilish va qonuniy iqtisodiy yo‘llarni ochish imkoniyati paydo boʻladi.
— Sh. Ziyoyev, Siyosatshunos (Oʻzbekiston)
SPAIGI Instituti Eksperti

Kitob haqida sharh
Ushbu nashr davlat sektori tashkilotlarida samarali boshqaruv va innovatsiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihasi asosida tayyorlangan. Unda zamonaviy davlat boshqaruvining asosiy jihatlari, jumladan raqamli transformatsiya, yetakchilik, motivatsiya hamda xalqaro ilg‘or tajribalar tahlil qilingan.
Kitobning asosiy maqsadi boshqaruvni takomillashtirish va davlat xizmatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarni o‘rganishdan iborat. Shuningdek, innovatsiyaning institutsional salohiyatni mustahkamlash va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashdagi ortib borayotgan ahamiyati yoritilgan.
Kitob uch qism va olti bobdan iborat bo‘lib, davlat sektorida innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha xalqaro ilg‘or tajribalar va ilmiy asoslangan yondashuvlarni taqdim etadi. U davlat xizmatchilari, siyosat ishlab chiquvchilar va davlat boshqaruvi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, global tajriba va zamonaviy boshqaruv tendensiyalari bo‘yicha muhim tushunchalarni beradi.
Umuman olganda, ushbu kitob Yangi O‘zbekiston sharoitida innovatsiyalarni rivojlantirish va davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish uchun amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Batafsil ma’lumot olish uchun marhamat bizga yozing.
