

Xalqaro Strategik Siyosat va Sun'iy Intellektni Boshqarish Instituti (SPAIGI)
O'zbekiston - Markaziy Osiyo tahlil markazi
Strategik siyosat sari > Sun'iy intellektni boshqarish > Barqaror kelajakni ta'minlash

Rahbariyat
Istiqbolli Kasblar Akademiyasi (IKA)
Akademiya - SPAIGIni bir qismi bo'lib, u kelajak avlod yetakchilari va mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakka investitsiya kiritish bo‘yicha uzoq muddatli missiyasi doirasida tashkil etildi. IKA — davlat xizmatchilari, xususiy sektor vakillari, universitet talabalari va yoshlarni tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy ta’lim markazidir. Bizning dasturlarimiz zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, innovatsion fikrlashni shakllantirish, yetakchilik salohiyatini oshirish hamda kuchli ijtimoiy kompetensiyalarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilarga tez sur’atlarda o‘zgarib borayotgan mehnat bozorida muvaffaqiyat qozonish imkonini beradi.
Akademiyaning ta’lim dasturlari ikki asosiy yo‘nalishda tashkil etilgan:
1. Davlat va xususiy sektor xodimlari uchun treninglar
Kurslar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
Boshqaruv va biznesda ilg‘or texnologiyalarning roli va samaradorligi
-
Sun’iy intellekt siyosati va boshqaruvi
-
Emotsional intellekt
-
Soft skills (samarali muzokaralar va kommunikatsiya va boshqalar)
-
Boshqa professional rivojlanish dasturlari
-
Trening dasturlarimizning batafsil ro‘yxati taqdim etiladi.
2. Universitet talabalari va yoshlar uchun treninglar
Kurslar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
Sun’iy intellekt bo‘yicha kodlash va dasturlash, raqamli ko‘nikmalar
-
Soft skills (samarali muzokaralar va kommunikatsiya va boshqalar)
-
Xorijiy tillar dasturlari va xizmatlari
-
Boshqa moslashtirilgan professional rivojlanish dasturlari
-
Trening dasturlarimizning batafsil ro‘yxati taqdim etiladi.
Bizning yondashuvimiz
-
Modulli va interaktiv ta’lim: Barcha dasturlar amaliyotga yo‘naltirilgan, interaktiv va ishtirokchilar ehtiyojlariga moslashuvchan tarzda ishlab chiqilgan.
-
Shaxsiy yondashuv: Guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar har bir ishtirokchiga individual e’tibor qaratish va zamonaviy, talabgir ko‘nikmalarni samarali egallash imkonini beradi.
-
Tajribali trenerlar: Mashg‘ulotlar soha mutaxassislari va tajribali pedagoglar tomonidan olib boriladi.
-
Gibrid ta’lim formati: Ishtirokchilar onlayn va oflayn ta’lim imkoniyatlaridan birdek foydalanishlari mumkin.
-
Talabga ko‘ra, trening dasturlari ingliz va o‘zbek tillarida olib boriladi.
Kelajak kasblarini bugundan o‘rganishni boshlash uchun biz bilan bog‘laning!

