

Xalqaro Strategik Siyosat va Sun'iy Intellektni Boshqarish Instituti (SPAIGI)
O'zbekiston - Markaziy Osiyo tahlil markazi
Strategik siyosat sari > Sun'iy intellektni boshqarish > Barqaror kelajakni ta'minlash

Xush Kelibsiz

MUVAFFAQIYAT
Maqsaddan boshlanadi

SPAIGI haqida
Bugungi kunda global siyosat, boshqaruv va milliy xavfsizlik tobora yangi texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanib bormoqda. Sun’iy intellekt (AI) va raqamli transformatsiya global boshqaruv tizimlarini, strategik siyosat ishlab chiqishni hamda geosiyosiy raqobatni tubdan o‘zgartirmoqda. AI endilikda faqat innovatsion texnologiya emas — u davlat salohiyati, institutsional samaradorlik va uzoq muddatli rivojlanish traektoriyalariga ta’sir ko‘rsatuvchi strategik vositaga aylangan.
Bunday tez o‘zgarayotgan sharoitda sun’iy intellektning mas’uliyatli, etik va strategik boshqaruvi ayniqsa rivojlanayotgan va o‘tish davridagi iqtisodiyotlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston va kengroq Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ushbu jarayonlar strategik siyosat tahlili, AI boshqaruvi va ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilishga ixtisoslashgan mustaqil va professional institutga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatadi.
Biz kimmiz
Xalqaro Strategik Siyosat va Sun'iy Intellekt Boshqaruvi Insituti (SSIBI) — O‘zbekistonda, Toshkent shahrida joylashgan mustaqil, tadqiqot va amaliyotga yo‘naltirilgan davlat ishtirokida hamkorlikda ishlovchi tadqiqot instituti (Aql markazi) hisoblanadi. SPAIGI texnologik transformatsiya va davlat boshqaruvi o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, chuqur ilmiy tadqiqotlar, strategik tahlillar va amaliy siyosiy yechimlarni taqdim etadi.
Missiyasi
Xalqaro strategik siyosat va sunʼiy intellektni boshqarish instituti (SPAIGI) xalqaro va mintaqaviy siyosatni chuqur tahlil qilish, strategik boshqaruv kontekstida sunʼiy intellektning imkoniyatlari va xatarlarini kompleks o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Institut AI boshqaruvining konseptual asoslarini ishlab chiqadi, mas’uliyatli joriy etish mexanizmlarini shakllantiradi hamda davlat organlari uchun dalillarga asoslangan amaliy tavsiyalar tayyorlaydi. Institut sunʼiy intellektni texnologik yangilik sifatida emas, balki strategik siyosiy va boshqaruv vositasi sifatida ko‘radi. SPAIGI AI texnologiyalarini davlat boshqaruvi va xalqaro hamkorlik tizimlariga integratsiya qilish orqali siyosat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
SPAIGIning yondashuvi:
-
Policy Brain – strategik fikrlash va siyosat tahlili markazi sifatida
Institut strategik siyosatni tahlil qilish, baholash va ishlab chiqishda analitik platforma vazifasini bajaradi hamda qaror qabul qilish jarayonini ilmiy asoslangan ma’lumotlar bilan qo‘llab-quvvatlaydi. -
Strategik prognoz va erta ogohlantirish markazi sifatida
Sunʼiy intellekt bilan bog‘liq imkoniyatlar, xavflar va global tendensiyalarni oldindan aniqlash, risklarni baholash va erta ogohlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish institut faoliyatining muhim yo‘nalishidir. -
Sunʼiy intellekt boshqaruvi bo‘yicha tahlil markazi sifatida
SPAIGI AI sohasidagi siyosiy, huquqiy va axloqiy tavsiyalarni ishlab chiqadi, ularni tahlil qiladi hamda mustaqil ekspert baholashini taqdim etadi.
SPAIGI hozirgi kunda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda integratsiyalashgan formatdagi noyob institut hisoblanadi. Bu uning mintaqaviy darajadagi strategik ahamiyatini va innovatsion yondashuvini belgilaydi. Institut sunʼiy intellektni geosiyosat, xalqaro munosabatlar va davlat boshqaruvi bilan bog‘liq kompleks tizim sifatida o‘rganadi hamda strategik prognoz modellarini, risklarni baholash tizimlarini va davlat tashkilotlari uchun erta ogohlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish orqali mas’uliyatli va barqaror AI rivojiga hissa qo‘shadi.

Strategik Maslahat Kengashi
Strategik Maslahat Kengashi yetakchi olimlar, siyosatshunoslar, diplomatlar, raqamli hukumat ekspertlari va tajribali mutaxassislarni birlashtirib, institutning strategik rivojlanish yo‘nalishini shakllantirishga yordam beradi. Kengash yuqori darajadagi maslahat organi sifatida faoliyat yuritadi: Strategiya, ustuvor yo‘nalishlar va asosiy tashabbuslarni ishlab chiqishda maslahat beradi; Global tendensiyalar va eng yaxshi amaliyotlar bo‘yicha fikr-mulohaza bilan bo‘lishadi; Institutni muhim manfaatdor tomonlar va hamkorlar bilan bog‘laydi; Institutning ta’sirini maksimal darajada oshirishga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.

Mr. Sherzod Ziyoyev
Expert/Tahlilchi

Mr. Muhiddin Amanov
Expert/Siyosatshunos

Ms. Dildora Omonova
Prezident sovrindori/Expert
Rahbariyat va Jamoa A'zolari
Jamoa a’zolari uchun imkoniyatlar:
-
Professional imkoniyatlar: Strategik va operatsion boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish; Tadqiqot, policy brief, case study va empirik tahlil ishlarida tajriba orttirish; Konferensiya, intervyu va xalqaro forumlarda qatnashish (institut mablag‘i hisobidan); Ta’lim va professional rivojlanish dasturlariga kirish: kurslar, hybrid treninglar va mentoring.
-
Moddiy va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari: Safar, mehmonxona va transport xarajatlari institut tomonidan qoplanadi; Ad-hoc loyihalar uchun bonus yoki gonorar; Think tank materiallari, tadqiqot resurslari va sertifikatlar bilan ta’minlash; Har bir tahliliy material uchun moddiy rag‘bat.
-
Qo‘shimcha imtiyozlar: Karyera rivojlanishi va yuqori lavozimga ko‘tarilish imkoniyati; Choraklik, Yillik reja va KPI natijalariga asoslangan rag‘batlantirish; Media va nashrlarda ekspert sifatida brendini rivojlantirishga qo'llab-quvvatlash.
Biz ishga qabul qilmoqdamiz!
Biz xursandmiz e’lon qilishdanki, jamoamizga qo‘shilish uchun ish o‘rinlari mavjud!
SPAIGI va uning akademiyasi yuqori malakali va motivatsiyaga ega mutaxassislar uchun yangi ish imkoniyatlarini e’lon qilishdan mamnun. Ilmiy faoliyatimizni kengaytirishda davom etar ekanmiz, innovatsiya va ilmiy rivojlanishga sodiq bo‘lgan keng dunyoqarashga ega iste’dodli shaxslarni qidirmoqdamiz. Biz magistratura va doktorlik darajasiga ega shaxslar hamda tegishli sohalardagi tadqiqotchilarning arizalarini kutib olamiz. Muvaffaqiyatli nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
-
Ingliz tilini mukammal bilish (yozma va og‘zaki)
-
Tahliliy, tadqiqot va tanqidiy fikrlash qobiliyati
-
Akademik, professional va natijaga yo‘naltirilgan yondashuv
-
Mustaqil hamda jamoada samarali ishlash qobiliyati
Muvaffaqiyatli nomzodlarga ish haqi va natijaga asoslangan rag‘batlar hamda dinamik ish muhiti taklif etiladi.
Qiziqqan nomzodlar o‘z rezyumelarini quyidagi manzillarga yuborishlari mumkin: president@spaigi.org ; contact@spaigi.org







